07:39 / 09.03.2019
12316

Tramp harbiy xarajatlarni 750 mlrd dollarga yetkazmoqchi

Foto: Robyn Beck/AFP/Getty Images

AQSh prezidenti ma'muriyatidagi manbalarning aytishicha, Donald Tramp kelgusi yilda harbiy xarajatlar uchun kongressdan 750 milliard dollar so‘rashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Axios xabar berdi.

Oq uy 11 mart kuni joylashtiradigan budjet so‘roviga ko‘ra, Pentagonning asosiy xarajatlariga 576 milliard dollar ajratilishi mumkin, qolgan qismi esa xorijdagi amaliyotlar bilan bog‘liq sarf-xarajatlarga ketadi.

Bundan oldin, Xitoy harbiy budjetni 177 mlrd dollarga yetkazishga qaror qilgani xabar berilgandi.

Shu bilan birga, ekspertlarning fikricha, Xitoy mudofaasi uchun real xarajatlar 25-50 foizga yuqoriroq bo‘lishi mumkin.

Mavzuga oid
Top