21:32 / 10.03.2019
33356

Derbimisan derbi. «Navbahor» muxlislari nega «Qo‘qon-1912» futbolchilariga tashlanishdi?

Foto: Tribuna.uz

Toshkentda o‘tkazilgan «Navbahor» hamda «Qo‘qon-1912» o‘yinida durang natija qayd etilgani haqida xabar bergandik. O‘sha o‘yindan so‘ng ziddiyatli vaziyat sodir bo‘ldi.

Kutilmaganda namanganlik muxlislar «Qo‘qon-1912» futbolchilariga har xil buyumlar uloqtira boshlashdi. Uloqtirilgan buyumlar orasida plastmas truba ham bor edi. Bu holatni Tribuna.uz muxbiri kadrga muhrladi.

Biroq namanganlik muxlislar nimadan norozi bo‘lib, qo‘qonlik futbolchilarga tashlanishgani aniq emas. Katta ehtimol bilan qo‘qonlik futbolchilardan birortasi namanganlik muxlislarga qarata provakatsion harakatni amalga oshirgan. PFLning bu borada rasmiy izoh berishini kutib qolamiz.

Mavzu
Superliga
8 mart kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining yangi mavsumiga - Superliga-2019 turniriga start berildi
Barchasi
Top