19:00 / 10.03.2019
6240

Mahmud Abbos Falastinga yangi bosh vazir tayinladi

Falastin rahbari Mahmud Abbos FATH harakati markaziy qo‘mitasi a'zosi Muhammad Shtayyeni Falastin milliy muxtoriyatining yangi bosh vaziri etib tayinladi. 

Abbosning FATH bo‘yicha safdoshi Rami Hamdallaning o‘rnini egallaydi.

Falastinning fuqarolik ishlari bo‘yicha vaziri Husayn al-Shayx ijtimoiy tarmoqlarda Shtayyeni yangi hukumatni shakllantirishga vakolat olgani bilan tabriklagan va unga omad tilab qolgan.

Yanvar oxirida Falastinning Hamdalla boshchiligidagi hukumati iste'foga chiqqandi. Abbos hukumat iste'fosini qabul qilgan va unga yangi vazirlar mahkamasi shakllantirilgungacha vazifalarini bajarib turishni topshirgan.

Mavzuga oid
Top