23:39 / 10.03.2019
8496

O‘zbekistonlik dzyudochilar Marokash gran-prisida ikkinchi bo‘lishdi

Foto: IJF/ facebook

Marokash gran-pri turnirining so‘nggi, uchinchi kunida ham o‘zbekistonlik dzyudochilar muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Bugun erkaklar -90, -100 va +100 kgdan og‘ir vaznda, ayollar -78 va undan og‘ir vaznda tatamiga tushishdi.

-90 kggacha og‘irlikda o‘zbekistonlik Yahyo Imomov uchinchi davrada gruziyalik Papinashviliga yutqazib musobaqani tark etdi.

-100 kggacha tosh bosadigan polvonlar bahslarida ikki nafar o‘zbekistonlik dzyudochi ishtirok etdi. Sh.Jo‘rayev uchinchi davrada qozog‘istonlik A.Serikbayevga yutqazdi.

Foto: IJF/ facebook

Yana bir sportchimiz Muhammadkarim Xurramov esa qiyin kechgan bahslarda bronza medaliga ega chiqdi.

Foto: skrenshot
Foto: skrenshot

U birinchi davradan erkin o‘tib, ikkinchisida niderlandiyalik Ohat Zalanni keyin esa jazoirlik B.Lesni yengdi va chorakfinalga chiqdi. Bu bosqichda germaniyalik T.Nikifirovga imkoniyatni boy berib qo‘ydi, ammo bronza uchun kurashlarda kanadalik E.Shady va estoniyalik G.Minaskin ustidan g‘olib bo‘ldi.

Shunday qilib uch kun davom etgan dzyudo bo‘yicha Marokash gran-pri turniri o‘zbekistonlik sportchilar uchun yaxshi natijalarga boy bo‘lib, sportchilarimiz umumiy hisobda ikkita oltin va ikkita bronza medalini qo‘lga kiritishdi. Umumjamoa hisobida Germaniya birinchi, O‘zbekiston ikkinchi, Fransiya uchinchi o‘rinni egalladi.

Top