13:18 / 10.03.2019
11371

Tramp boshqa davlatlar o‘z hududlarida AQSh qo‘shinlari joylashtirilishi uchun ko‘proq pul to‘lashlarini istamoqda

Foto: Jonathan Ernst / Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp va uning yordamchilari boshqa davlatlar o‘z hududlarida AQSh qo‘shinlari joylashtirilishi uchun pul to‘lashi borasida yangi formula ishlab chiqishdi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Vashingtonda hisob-kitobning yangi uslubini «narx plyus 50 foiz» deb nomlashdi. Unga ko‘ra, davlatlar o‘z hududlarida AQSh qo‘shinlari joylashtirilishi uchun xarajatlarni to‘liq to‘laydi, so‘ngra qo‘shimcha ravishda ushbu summaning teng yarmini to‘lashadi. 

Tramp uzoq yillardan buyon AQSh qo‘shinlarini o‘z hududlarida joylashtirgan mamlakatlar kam haq to‘lashayotganini aytib keladi. 

AQSh qo‘shinlari dunyoning yuzdan ortiq davlatida joylashtirilgan. Eng ko‘p harbiylar esa Yaponiya, Janubiy Koreya, Germaniya, Qatar va Birlashgan Arab Amirliklarida joylashgan.

Top