01:52 / 11.03.2019
10178

APL. «Manchester Yunayted» Sulsher qo‘l ostida ilk marta yutqazdi

Foto: AP

Angliya Premer-Ligasida 30-turdan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi.  

«Arsenal» o‘z maydonida «Manchester Yunayted»ni qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

12-daqiqada Jaka uzoq masofadan chiroyli zarba yo‘llab, darvozani aniq nishonga oldi. 69-daqiqada Obameyang penaltini bexato bajarib, hisobni yakuniy ko‘rinishga keltirdi.

Qayd qilish joizki, bu «Manchester Yunayted» klubining APL doirasida bosh murabbiy Ule-Gunnar Sulsher qo‘l ostidagi ilk mag‘lubiyati bo‘ldi.

Bu natijadan so‘ng, «Arsenal» 60 ochko bilan 4-o‘ringa chiqib oldi, «Manchester Yunayted» esa 58 ochko bilan 5-o‘ringa tushdi.

APL, 30-tur
Arsenal – Manchester Yunayted 2:0 (1:0, 1:0)

10 mart, «Emireyts» stadioni 
Gollar
: 1:0 – 12 Chaka, 2:0 – 69, penalti Obameyang. 
Arsenal – Leno, Monreal, Koselni, Papastatopulos, Kolashinats, Remzi, Meytlend-Naylz, Jaka, Ozil (Ivobi, 77), Obameyang (Denis Suares, 80), Lyakazett (Nketia, 86).
Manchester Yunayted – De Xea, Shou, Smolling, Yang, Diogu Dalot (Marsial, 71), Fred, Matich (Grinvud, 80), Pogba, Lindelef, Reshford, Lukaku.
Ogohlantirishlar: Papastatopulos (38), Matich (68), Pogba (76), Kolashinats (90).

Top