18:00 / 11.03.2019
28761

Humo Arena ochilish marosimiga kimlarning tashrifi kutilmoqda?

15 mart kuni Humo Arena muz saroyining tantanali ochilish marosimi dasturiga 2 mingdan ziyod ishtirokchi qamrab olingan, 6 mingdan ortiq kishi taklif qilingan. Kun.uz muxbiri 11 mart kuni "Humo - g‘alabalarimiz arenasi" media-iventi doirasida berilgan ma'lumotlarga asoslanib, shu haqida xabar berdi.

Madina Tursunova

"Asosiy maqsad - sport kompleksining barcha imkoniyatlarini keng namoyish etish. Muz kompleksining ochilishi g‘oyasi bu sport va san'atning birlashuvi, sportning qanchalik muhimligini ko‘rsatishdir", - deydi ochilish marosimi tashkilotchisi Madina Tursunova.

Uning ta'kidlashicha, Humo Arena tantanali ochilish marosimiga Rossiya xokkey afsonalari, xususan, Pavel Bure, Proxorov, Yakushev va boshqalar tashrif buyuradi. Shu bilan birga O‘zbekistonning "Binokor" jamoasi veteranlari ham ishtirok etadi.

"Shuningdek, biz muzdagi raqslar bo‘yicha chempion Tatyana Navkani taklif qilganmiz, u muz ustida "SHCHelkunchik" spektaklini namoyish etadi. Bundan tashqari, Filipp Kirkorov, Nikolay Baskov, Dmitriy Bilan kabi mashhur qo‘shiqchilarning tashrifi kutilmoqda. Mahalliy sport va estrada yulduzlarining ham chiqishlari rejalashtirilgan, albatta", - deya ma'lum qildi u.

Mavzuga oid
Top