18:47 / 11.03.2019
6143

Rossiya va Xitoy Tyanvan AESining to‘rtinchi navbatini qurish bo‘yicha shartnoma tuzdi

Foto: REUTERS

Rossiya va Xitoy Tyanvan AESining to‘rtinchi navbatini qurish bo‘yicha shartnoma tuzdi, deb xabar berdi "Rosatom" davlat korporatsiyasining injiniring bo‘limi matbuot xizmati.

"Yettinchi mart kuni Pekinda "Rosatom" "Rosatom" davlat korporatsiyasining injiniring bo‘limi va CNNC korporatsiyasi korxonalari o‘rtasida Tyanvan AESining 7 va 8-bloklari hamda "Syuydapu" AESining 3 va 4-bloklari bo‘yicha shartnoma imzolandi", -deyiladi xabarda.

Tyanvan AESining 1 va 2-energobloklari 2007 yilda ishga tushirilgan. Uchinchi blok 2017 yil dekabrda, to‘rtinchi blok 2018 yil oktyabrda ishga tushgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston ham "Rosatom" bilan mamlakatda 2ta blokdan tashkil topgan AES qurish bo‘yicha kelishuv imzolagan.

Mavzuga oid
Top