01:27 / 11.03.2019
7073

«So‘g‘diyona» yangi mavsumda 3 ochkoni qo‘lga kiritgan birinchi jamoa bo‘ldi - fotogalereya

Jizzaxdagi «So‘g‘diyona» stadionida Superliga–2019ning dastlabki turidan o‘rin olgan «So‘g‘diyona»–«Bunyodkor» uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Yangi mavsumda g‘alabaga erishgan yagona jamoa «So‘g‘diyona» bo‘lib turibdi.

Uchrashuv oldidan Jizzaxda futbol mavsumining ochilishi o‘tkazildi. Viloyat hokimi Ergash Saliyev so‘zga chiqib, viloyat futboliga yaratilayotgan sharoitlar va futbolchilar oldiga qo‘yilgan vazifalar haqida gapirdi hamda jamoalarga omad tiladi.

O‘yinning 23-daqiqasida Doston Toshmatov hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limning 18-daqiqasida Sanjar Qodirqulov hisobni tengashtirdi. Turning mazkur uchrashuvi ham durang bilan tugaydi, deb turilganida, 90-daqiqada Oybek Nurmatov «qaldirg‘ochlar» markaziy himoyachilarining yo‘l qo‘ygan xatosidan unumli foydalanib, g‘alaba to‘pini kiritdi — 2:1.

Tribuna.uz mazkur uchrashuvning eng qaynoq lahzalari muhrlangan fotojamlanmani e'tiboringizga havola etadi.

Mavzu
Superliga
8 mart kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining yangi mavsumiga - Superliga-2019 turniriga start berildi
Barchasi
Top