20:13 / 11.03.2019
81800

Toshkentda IIB xodimini osiltirib olgan Neksiya haydovchisi qo‘lga tushdi

​​11 mart kuni 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro D.T. Neksiya rusumli avtomobili old qismiga noan'anaviy tarzda osilib qolgan IIB xodimi bilan harakatlanib ketayotganda piyodalar tomonidan tasvirga olingan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. 

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 21 yoshli haydovchi Yo‘l harakati qoidalariga amal qilmay, 3.27 (to‘xtash taqiqlangan belgisi) hamda 4.1.1. (harakatlanish to‘g‘riga belgisi) belgilariga bo‘ysunmagan. Davlat raqami 40 P 143 NA bo‘lgan avtomashina haydovchisi IIB xodimining ogohlantirishi va to‘xtatganiga ham e'tibor qilmagan. Ayni paytda u qo‘lga olingan. 

«Ushbu holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Haydovchiga nisbatan prokuratura tomonidan jinoiy ish ochilishi mumkin», — deydi shahar IIBB matbuot kotibi.

Video: Mover (tas-ix)

Top