8441.36 USD -14.01

9493.15 EUR -61.42

131.78 RUB +0.25

10963.6 GBP -96.83

08:05 / 11.03.2019 3622

Tramp YeIdan Xitoy bilan muzokaralar tafsilotini yashirmoqda - WSJ

Foto: REUTERS

AQSh prezidenti Donald Tramp Yevroittifoqdan Vashington va Pekin o‘rtasidagi savdo muzokaralari tafsilotlarini atayin yashirmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal manbalarga tayangan holda xabar berdi.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Tramp yevropalik hamkorlardan Xitoy bilan yakuniy savdo bitimi loyihasi tafsilotlarini yashirib, uni «o‘z kelishuvi» deb atayapti.

Ta'kidlanishicha, AQSh yetakchisi maslahatchilari emas, balki aynan prezidentning o‘zi bunday qattiq yondashuv tarafdori hisoblanadi.

Shu bilan birga, YeI AQSh va XXR o‘rtasidagi savdo muzokaralari jarayonini JST qoidalarining ehtimoliy buzilishi yuz berishi mumkinligi tufayli yaqindan kuzatib bormoqda.

Bundan oldin, Xitoy AQShga raketalar bitimi bo‘yicha chaqiriq bilan chiqqandi.

Top