8455.37 USD +4.00

9554.57 EUR +77.20

131.53 RUB +2.16

11060.5 GBP +43.26

09:40 / 11.03.2019 8300

Xitoy Boeing 737 MAX’ni vaqtincha taqiqlashga qaror qildi

Foto: REUTERS/Thomas Peter/File Photo

Xitoy aviakompaniyalari Afrikada halokatga uchragan laynerga o‘xshash bo‘lgan Boeing 737 MAX samolyotlaridan foydalanishni to‘xtatadi. Bu mamlakat fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi ko‘rsatmasiga ko‘ra amalga oshiriladi, deb xabar bermoqda Reuters Xitoyning Caijing nashriga tayangan holda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Xitoy kompaniyalari tomonidan qariyb 60ta shunday samolyot ishlatiladi. «Interfaks» xabariga qaraganda, ularning o‘rniga Boeing 737-800’dan foydalanish tavsiya etilmoqda. Boeing kompaniyasi vaziyatga izoh bermadi.

10 mart kuni ertalab Boeing 737 samolyoti Efiopiyaning Debre-Zeyt shahri yaqinida halokatga uchradi. Samolyotda 157 kishi bo‘lgan. Halok bo‘lganlar orasida 35ta davlat vakili bor.

Foto: Michael Tewelde | AFP | Getty Images

Shunga o‘xshash yana bir avialayner 2018 yil Indoneziyada halokatga uchragan. Samolyot parvoz qilganidan 13 daqiqa o‘tib qulagan, 189 kishi halok bo‘lgan.

Boeing 737 MAX - Boeing 737 samolyotlarining to‘rtinchi, eng yangi avlodi. Ushbu seriyadagi samolyotlardan foydalanish 2017 yilda boshlangan. 737 MAX 8 varianti Boeing tarixidagi eng ko‘p sotiluvchi layner sanaladi.

Top