8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

13:21 / 11.03.2019 6906

«Yangi Balotelli»ning porlashi, «Napoli»ning sustkashligi va Italiya chempionatida turning boshqa voqealari

Dam olish kunlari Italiya chempionatida 27-tur o‘yinlari o‘tkazildi. Unda e'tiborga loyiq bo‘lgan bir qancha voqealar yuz berdi.

«YuVeNTUS» «YaNGI BALOTeLLI» GOLLARI EVAZIGA YIRIK HISOBDA G‘ALABA QOZONDI

«Yuventus» o‘z maydonida «Udineze»ni qabul qildi. Massimiliano Allegri Chempionlar Ligasidagi «Atletiko»ga qarshi muhim o‘yindan oldin, jamoa yetakchilariga dam berishga qaror qildi. Ammo mezbonlar zaxira futbolchilari bilan ham 4:1 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

19 yoshli hujumchi Moyze Kin o‘yinning qahramoniga aylandi. «Yangi Balotelli» laqabini olgan iqtidor tanaffusgacha u ikki marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi. 11-daqiqada Sandro to‘pni jarima maydoniga yetkazganida, Kin bir urinishda uni darvozaga kiritdi. 39-daqiqada jarima maydoniga yorib kirib, kuchli zarba bilan to‘pni darvozaga yo‘lladi. Ikkinchi bo‘limda esa penalti ishlab oldi. Jan uni aniq amalga oshirib, hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi. Oradan biroz o‘tgach, Matyuidi o‘ziga xos bo‘lmagan uslubda boshi bilan gol urdi. Shundan so‘ng, mezbonlar xotirjamlikka berilishdi. «Udineze» esa o‘yin oxirida bir gol urib qolishga muvaffaq bo‘ldi. 

Bu natijadan so‘ng, «Yuventus» 75 ochko bilan 1-o‘rinda, «Udineze» esa 25 ochko bilan 15-o‘rinda bormoqda.

Yuventus – Udineze 4:1 (2:0, 2:1)
8 mart, «Alyans Stedium»
Gollar: 1:0 – 11 Kin, 2:0 – 39 Kin, 3:0 – 67, penalti Jan, 4:0 – 71 Matyuidi, 4:1 – 84 Lazanya.
Yuventus – Shchensni, Kaseres, Bardzali (Bonuchchi, 25), Rugani, Spinatssola, Jan, Bentankur, Aleks Sandro, Bernardeski, Matyuidi (Dibala, 72), Kin (Nikolussi-Kavilya, 80).
Udineze – Musso, De Mayo, Trost-Ekong, Nyuytink (Opoku, 25), ter Avest (Sandro, 62), Larsen, Uilmot (Lazanya, 46), Fofana, Zegelar, Pussetto, de Paul.
Ogohlantirishlar: Larsen (27), Pussetto (50), Opoku (53).

TAQDIRGA TAN BeRGAN «NAPOLI» SAFARDA DURANG O‘YNADI

«Napoli» safarda «Sassuolo» bilan o‘ynadi. Neapolliklar chempionlik uchun kurash allaqachon tugab bo‘lganini tushunib yetishdi shekilli, mehmonga zaxira tarkibi bilan yetib borishdi. Anchelotti bir qancha yetakchilar – Ruy, Xyusay, Kalexon, Zelinski, Ruis va Milikni zaxira o‘rindig‘ida qoldirdi.

Dastlabki daqiqalarda «Napoli» faolroq bo‘ldi. Ammo bir qancha xavfli vaziyatlarni mantiqiy yakuniga yetkazish uchun futbolchilarga aniqlik yetishmadi. Ikkinchi bo‘lim boshida Berardi chiroyli zarba yo‘llab, «Sassuolo»ni hisobda oldinga olib chiqdi. Shundan so‘ng, Anchelotti hujumchilar Milik va Yunusni maydonga tushirdi, «Napoli» esa bosimni kuchaytirdi. O‘yin yakunlanishiga 5 daqiqa qolganida Insine gol urib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Bu natijadan so‘ng, «Napoli» 57 ochko bilan 2-o‘rinda, «Sassuolo» esa 32 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda.  

Sassuolo – Napoli 1:1 (0:0, 1:1)
10 mart, «Chitta-del-Trikolore» stadioni
Gollar: 1:0 – 52 Berardi, 1:1 – 86 Insine.
Sassuolo – Pegolo, Demiral, Peluzo, Ferrari, Lirola, Dankan (Lokatelli, 90), Manyanelli, Rojyerio, Berardi (El-Babakar, 85), Boga, Jurichich (Burabiya, 76).
Napoli – Ospina, Malkyui, Kirikesh (Luperto, 46), Kulibali, Gulyam, Una (Yunes, 66), Allan, Diavara, Verdi (Milik, 66), Insine, Mertens.
Ogohlantirishlar: Ferrari (61), Allan (68), Pegolo (68), Diavara (80), Burabiya (87).

«MILAN» AUTSAYDeRNI QIYINChILIK BILAN YeNGDI

«Milan» safarda musobaqa jadvalida so‘nggi o‘rinni egallab turgan «Kevo» bilan o‘ynadi.

Bellashuv teng kurashlar ostida o‘tdi. Har ikkala jamoada yaxshi vaziyatlar bo‘lsa-da, «Milan» o‘z imkoniyatlaridan unumliroq foydalandi. 31-daqiqada Bilya jarima zarbasini qoyilmaqom tarzda amalga oshirib, hisobni ochdi.

Biroq, oradan 10 daqiqa o‘tgach, «Kevo» hisobni tenglashtirdi. O‘ng qanotdan jarima maydoniga yetkazilgan to‘pni Xetemay boshi bilan raqib darvozasiga aniq yo‘lladi. Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi uchun kurashayotgan «Milan»ga bu o‘yindagi g‘alaba juda muhim edi va «rossoneri» uni qiyinchilik bilan qo‘lga kiritishdi. 57-daqiqada jarima maydoniga yetkazilgan to‘pni Pyontek yaqin masofadan aniq zarba bilan darvozaga kiritdi.

Bu natijadan so‘ng, «Milan» 51 ochko bilan 3-o‘rinda qoldi. «Kevo» esa 10 ochko bilan so‘nggi o‘rinni egallab turibdi.

Kevo – Milan 1:2 (1:1, 0:1)
9 mart, «Mark Antonio Bentegodi» stadioni
Gollar: 0:1 – 31 Bilya, 1:1 – 41 Xetemay, 1:2 – 57 Pyontek.
Kevo – Sorrentino, Depaoli, Bani (Puchcharelli, 88), Andreolli, Barba, Diusse (Kiyine, 77), Leris, Xetemay, Jakkerini, Mejorini (Jorjyevich, 77), Stempinski.
Milan – Donnarumma, Konti (Kalabriya, 64), Musakko, Romanoli, Laksalt, Kessie, Bigliya, Lukas Paketa (Chalhano‘g‘li, 54), Suso (Borini, 84), Pyontek, Kastilexo.
Ogohlantirishlar: Konti (52), Jakkerini (59), Sorrentino (71), Xetemay (90).

«LATsIO» FLOReNsIYaDA OChKO YO‘QOTDI

Turning markaziy o‘yini Florensiyada o‘tkazildi. «Fiorentina» o‘z maydonida «Latsio»ni qabul qildi. Yevrokuboklar yo‘llanmasi uchun kurashayotgan jamoalarning o‘yini yorqin tarzda o‘tdi.

Birinchi bo‘lim rimliklarning tashabbusi ostida o‘tdi. Ular bir qancha xavfli hujumlarni uyushtirib, 23-daqiqada hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Korreaning to‘p oshirishidan so‘ng, Immobile juda chiroyli zarba yo‘llab, darvozaning to‘qqizligini aniq nishonga oldi.

Ikkinchi bo‘limda «Fiorentina» uyg‘ondi. Jamoa ancha faol o‘ynab, raqibni o‘z jarima maydoniga qamab qo‘ydi. 61-daqiqada esa hisobni tenglashtirdi – Miralyas tomonidan jarima maydoniga yetkazilgan to‘pni Muriel bir zarbada darvozaga aniq kiritdi.

O‘yin oxiriga qadar bu hisob saqlanib qoldi va tabiiyki, har ikkala jamoani ham qoniqtirmadi.

Bu natijadan so‘ng, «Latsio» 42 ochko bilan 8-o‘rinda, «Fiorentina» esa 37 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda.      

Fiorentina – Latsio 1:1 (0:1, 1:0)
10 mart, «Artemio Franki» stadioni
Gollar: 0:1 – 23 Immobile, 1:1 – 61 Muriel.
Fiorentina – Terrachchano, Milenkovich, Petsselya, Chekkerini (Vitor Ugo, 80), Benassi, Fernandesh (Miralyas, 46), Veretu, Biragi, Jyerson, Keza (Simeone, 36), Muriel.
Latsio – Strakosha, Gabarron, Acherbi, Radu (Bashtush, 83), Marushich, Milinkovich-Savich, Leyva, Luis Alberto (Romulo, 75), Lulich (Badel, 68), Korrea, Immobile.
Ogohlantirishlar: Chekkerini (42), Veretu (45), Immobile (52), Simeone (90).

27-TURNING BARChA NATIJALARI

8 mart
Yuventus – Udineze 4:1 (2:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 11 Kin, 2:0 – 39 Kin, 3:0 – 67, penalti Jan, 4:0 – 71 Matyuidi, 4:1 – 84 Lazanya.

9 mart
Parma – Jyenoa 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 78 Kutska.

Kevo – Milan 1:2 (1:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 31 Bilya, 1:1 – 41 Xetemay, 1:2 – 57 Pyontek.

10 mart
Bolonya – Kalyari 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 34, penalti Pulgar, 2:0 – 77 Soriano.

Frozinone – Torino 1:2 (1:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 42 Paganini, 1:1 – 56 Belotti, 1:2 – 77 Belotti.

Inter – SPAL 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 67 Politano, 2:0 – 77 Galyardini.

Sampdoriya – Atalanta 1:2 (0:0, 1:2)
Gollar: 0:1 – 50 Sapata, 1:1 – 67, penalti Kualyarella, 1:2 – 77 Gosens.

Sassuolo – Napoli 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 52 Berardi, 1:1 – 86 Insine.

Fiorentina – Latsio 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 23 Immobile, 1:1 – 61 Muriel.

11 mart
Roma – Empoli

A SeRIYa JADVALI

A SeRIYa TO‘PURARLARI

20 - Kshishtof Pyontek (Jyenoa/Milan, 2 pen), Fabio Kualyarella (Sampdoriya, 6)
19 - Krishtianu Ronaldu (Yuventus, 5)
17 - Duvan Sapata (Atalanta, 1)
14 - Arkadiush Milik (Napoli)
13 - Chiro Immobile (Latsio, 3)
12 - Franchesko Kaputo (Empoli, 2)
10 - Andrea Petanya (SPAL, 2), Andrea Belotti (Torino, 4), Leonardo Pavoletti (Kalyari)

28-TUR O‘YINLARI

15 mart
Kalyari - Fiorentina

16 mart
Sassuolo - Sampdoriya
SPAL - Roma
Torino - Bolonya

17 mart
Jyenoa - Yuventus
Atalanta - Kevo
Napoli - Udineze
Empoli - Frozinone
Latsio - Parma
Milan - Inter

«ROMA» BOSh MURABBIYNI ALMAShTIRDI

«Roma» klubi bosh murabbiy Eusebio Di Francheskoni iste'foga chiqardi va uning o‘rniga Klaudio Ranerini tayinladi.

Klub rahbariyati Chempionlar Ligasi 1/8 final bosqichida «Portu» to‘sig‘idan o‘tolmaganidan so‘ng, Di Franchesko bilan xayrlashishga qaror qildi. Mutaxassis «Roma» klubiga 2017 yil yozida tayinlangan edi.

Klaudio Raneri «Roma» uchun begona emas – u 2009-2011 yillarda «bo‘rilar»ni boshqargan. 67 yoshli mutaxassis o‘tgan oyda «Fulhem»dan iste'foga chiqarilgan edi.

IKARDI «INTeR»DAN O‘Z OBRO‘SINI TIKLAShNI TALAB QILDI

«Inter» hujumchisi Mauro Ikardi klubdagi faoliyatini davom ettirish uchun bir qancha talablarni qo‘ydi, deb yozadi Football Italia.

26 yoshli argentinalik 13 fevral kuni sardorlik bog‘ichidan mahrum qilinganidan beri biror marta maydonga tushmadi. Rasbiy sabab – tizza jarohati, ammo «Inter» bosh murabbiyi Luchano Spalletti shifokorlar unga mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun ruxsat berganini aytgan edi.

Futbolchining vakili klub bosh direktori Beppe Marotta bilan uchrashib, bir qancha shartni qo‘ygan. Xususan, klub va Spalletti nega uni sardorlik bog‘ichidan mahrum qilinganini ochiq-oydin tushuntirish berishi va obro‘sini tiklashini talab qilgan.

«Inter» esa uning jamoadoshlaridan uzr so‘rashini istayapti. Futbolchi esa biror ayb ish qilmaganini ro‘kach etib, bundan bosh tortmoqda.

Top