13:21 / 12.03.2019
39845

Forbes eng ko‘p milliarderlar yashovchi 10ta shaharni ma'lum qildi

Nyu-York/Foto: Craig Warga/Bloomberg

Forbes talqiniga ko‘ra 2019 yilda dunyodagi eng boy odamlar reytingiga 2153 kishi kiritildi. Shu bilan birga, ularning 551 nafari dunyodagi 1860ta shahardan faqatgina o‘ntasida istiqomat qiladi, deb yozmoqda Forbes.

Ushbu nisbatan kichik ro‘yxatdan joy olgan shaharlarda yashaydigan milliarderlarning umumiy boyligi 2,3 trillion dollarga teng. Dunyoda faqat yetti mamlakat ushbu miqdordan ortiq bo‘lgan YaIM bilan maqtana oladi.

Eng ko‘p milliarderlar yashaydigan shaharlar ro‘yxatida birinchi o‘rinni Nyu-York egalladi. AQShning eng yirik shahrida 84 milliarder istiqomat qiladi, ularning umumiy boyligi 469,7 milliard dollar bo‘lib, bu Avstriya YaIMdan ko‘pdir.

So‘nggi besh yil davomida dunyodagi eng yirik ikkita birja joylashgan shahar, 2015 yilda Moskvani istiqomat qiluvchi milliarderlar soni bo‘yicha ortda qoldirgach, reytingni boshqarib kelmoqda. 2016 yildan buyon Moskva 71 milliarder bilan reytingning uchinchi o‘rnidan joy olib kelyapti, ikkinchi - Gonkong (79 milliarder).

Gonkong
Foto: Getty Images
Moskva
Foto: Getty Images

Umuman olganda, top-10 quyidagicha ko‘rinishga ega:

Shahar

Milliarderlar soni

Umumiy boylik

Shahardagi eng boy odam

Nyu-York, AQSh

84

$469,7 mlrd

Mayk Blumberg, Bloomberg LP

Gonkong, Xitoy

79

$355,5 mlrd

Li Kashin, Cheung Kong Group

Moskva, Rossiya

71

$336,5 mlrd

Leonid Mixelson, «Novatek»

Pekin, Xitoy

61

$193,3 mlrd

Van Tszyanlin, Dalian Wanda Group

London, Buyuk Britaniya

55

$226 mlrd

Mixail Fridman, «Alfa-Grupp»

Shanxay, Xitoy

45

$110,7 mlrd

Kolin Xuan, Pinduoduo

San-Fransisko, AQSh

42

$109,2 mlrd

Dastin Moskovits, Facebook

Shenchjen, Xitoy

39

$190,5 mlrd

Ma Xuaten, Tencent

Seul, Janubiy Koreya

38

$99,9 mlrd

Li Kun-Xi, Samsung

Bombey, Hindiston

37

$184,4 mlrd

Mukesh Ambani, Reliance Industries

Bundan oldin, Vladimir Kim Markaziy Osiyodagi eng boy odamga aylangandi.

Top