13:30 / 12.03.2019
5702

«Paxtakor» Saudiya Arabistoni klublariga qarshi muvaffaqiyatsiz o‘ynagan

Bugun, 12 mart kuni «Paxtakor» Toshkentda Saudiya Arabistonining «Al-Ahliy» klubi bilan Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 2-tur o‘yinini o‘tkazadi.

Klub matbuot xizmati bu bahsdan oldin Saudiya Arabistoni klublariga qarshi o‘yinlardagi statistikani keltirib o‘tdi.

Toshkentliklar «Al-Ahliy» bilan Chempionlar Ligasida 2 marta to‘qnash kelgan. 2005 yil Jiddada mezbonlar 3:0 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, Toshkentda «Paxtakor» Leonid Koshelev va Anvar Soliyevning gollari evaziga 2:1 hisobida g‘alaba qozongan.

«Paxtakor» Saudiya Arabistoni klublariga qarshi Osiyo kuboklari musobaqalarida 23ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa, atigi 3 marta g‘alaba qozongan xolos. 5 marta durang qayd etib, 15 marta yutqazgan. To‘plar nisbati - 16:48.

Toshkentda o‘tgan 11ta o‘yinda 2ta g‘alaba, 4ta durang va 5ta mag‘lubiyat qayd etilgan. To‘plar nisbati – 11:17.

«Paxtakor»ning Saudiya Arabistoni klublariga qarshi qayd etgan natijalari quyidagicha:
Al-Ahliy - 2:1, 0:3
Al-Ittifoq - 2:1, 1:0, 0:2
Al-Ittihod - 0:3, 0:1, 1:1, 0:4, 0:4, 1:2
An-Nasr - 2:2, 0:4
Al-Hilol - 0:2, 0:2, 1:1, 0:2, 2:2, 0:4
Ash-Shabab - 1:3, 1:2, 2:2, 0:2.

Eslatib o‘tamiz, «Paxtakor» - «Al-Ahliy» o‘yini 12 mart kuni soat 18:00da boshlanadi.

Top