07:40 / 12.03.2019
8209

Venesuela parlamenti favqulodda vaziyat tartibini kiritdi 

Foto: REUTERS

Venesuelaning muxolifat nazoratida bo‘lgan parlamenti 11 mart kuni o‘z yig‘ilishida mamlakatda energetik tizimdagi muammolar ortida favqulodda vaziyat tartibini kiritishni ma'qulladi.  

VivoPlay kanalining ma'lum qilishicha, parlament spikeri Xuan Guaydo tomonidan kiritilgan tashabbus bir ovozdan qabul qilingan. Favqulodda vaziyat tartibi 30 kun yana shuncha vaqtga uzaytirish imkoni bilan amal qiladi.

U mamlakat qurolli kuchlari infratuzilmaga va elektr energiya milliy korporatsiyasi xodimlariga ta'mirlash ishlarini qarshiliklarsiz bajara olishlarida zaruriy himoyani ta'minlashi kerakligini ko‘zda tutadi. Shuningdek, xavfsizlik kuchlariga elektr tarmoqlarining “ayanchli” holatiga qarshi namoyishlarni tarqatmaslik buyurilgan. 

Mamlakatning xorijdagi diplomatik vakillariga elektr energetikadagi inqirozni yengish uchun xalqaro texnik yordamni muvofiqlashtirish maqsadida aloqaga kirishish buyurilgan. Davlat hokimiyati idoralariga elektr ta'minotidagi vaziyatdan kelib chiqib xodimlarning ish jadvalini o‘rnatish zarurligi ko‘rsatilgan. 

Elektr ta'minotining avtonom manbalari ishlashini ta'minlash uchun yonilg‘ini tejash, Kubaga neft va undan olingan mahsulotlarni yetkazishga taqiqlov kiritish alohida band bilan kiritilgan.

Venesuelaning ko‘plab shtatlarida elektr ta'minoti bilan bog‘liq muammolar 7 mart kuni mamlakatdagi eng yirik GESdagi avariya sababli boshlangandi. 

Mavzu
Venesuelada siyosiy inqiroz
Venesuela prezident Nikolas Maduroga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari girdobida qoldi. 23 yanvar kuni, ushbu namoyishlar avjiga chiqqan vaqtda Venesuela parlamenti rahbari Xuan Guaydo o‘zini mamlakatning muvaqqat prezidenti deb e’lon qildi
Barchasi
Mavzuga oid
Top