11:43 / 13.03.2019
10710
Alisher Abdullayev «O‘zeltexsanoat» uyushmasi raisi etib tayinlandi 
Foto: O‘zeltexsanoat

Hukumat qarori bilan, Alisher Abduhoshimovich Abdullayev “O‘zeltexsanoat” uyushmasining raisi etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi telegram kanali xabar bermoqda.

Shuningdek, Mansur Rustamovich Hoshimov Uyushma raisining birinchi o‘rinbosari etib, Umid Shavkat o‘g‘li Islom va Jahongir Jalilovich Jamolov Uyushma raisining o‘rinbosarlari lavozimini egalladi.

Ta'kidlab o‘tish joizki, Alisher Abdullayev shu vaqtga qadar Uyushma raisi vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, Uyushmaning asosiy vazifasi xomashyoni qayta ishlash, yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarish va eksport qilish bo‘yicha yagona kompleks sifatida, shu jumladan sanoat kooperatsiyasini kengaytirish va qo‘llab-quvvatlash asosida sanoatni barqaror rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish hisoblanadi.

2019 yil boshida O‘zbekiston prezidenti “O‘zeltexsanoat” uyushmasining asosiy vazifalarini belgilab bergandi.

Top