19:46 / 13.03.2019
13864

AQShning eng qurg‘oqchil joyida katta ko‘l topildi (video)

Kaliforniyadagi o‘zining ekstremal ob-havo sharoitlari bilan ma'lum bo‘lgan O‘lim vodiysida fotosuratchi Elliot Makgaken kutilmagan kashfiyot qildi. U Beduoter chuqurligida xaritalarda avval bo‘lmagan katta ko‘lni aniqlagan. Makgaken o‘zi olgan suratlarni mahalliy bog‘ vakillariga ko‘rsatganda, ular ko‘lning uzunligi 16 kmni tashkil qilishini o‘rnatishgan.

Foto: Facebook

Aniqlanishicha, kuchli yomg‘irlardan keyin to‘lib-toshgan irmoqlar chuqurlikka katta miqdorda suv olib kelgan. Qishki mavsum oxirida bu yerda bunday hodisalar ko‘plab uchraydi. Cho‘l sharoitida suv yer ostiga ketmay, sirtda qoladi, bu esa toshqinlarga olib keladi. Biroq bu safar ko‘l o‘zining o‘lchamlari bilan hayratlantirgan. Milliy bog‘ vakili Patrik Teylor 6 yillik faoliyati davomida bu yerda bunga o‘xshash hodisani ko‘rmaganini tan olgan.

Meteorolog Kris Dolchening aytishicha, 5 va 6 mart kunlari vodiyga 2,21 sm yog‘ingarchilik tushgan, bu esa mart oyi uchun o‘rtacha ko‘rsatkichdan (0,76 sm) 3 marta ko‘proq va yillik o‘rtacha yog‘ingarchilikning (6 sm) 3 dan bir qismidan ko‘proqni tashkil qilgan.

Fotosuratchi ko‘lning suratlari va videosi bilan ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lishgan.

Foto: Facebook
Foto: Facebook
Foto: Facebook
Top