20:12 / 13.03.2019
38038

Bugungi Istanbul manzaralari – Kun.uz fotojamlanmasi

Qadimdan Sharq va G‘arbni bog‘lab turgan Istanbul qit’alararo ko‘prik vazifasini hamon bajarmoqda, bajarganda ham karrasiga ko‘proq hajmda – u bugun dunyodagi eng yirik aviahablardan biriga aylangan. Shaharda uchta yirik aeroport bor va deyarli har safar osmonga qaraganingizda kamida bitta samolyotga ko‘zingiz tushadi.

Kuni kecha xizmat safari bilan xorijda bo‘lib qaytgan Kun.uz muxbiri ham tranzit tufayli Istanbulda bo‘ldi va bir necha soatlik qisqa fursatdan foydalanib, Yevropaning eng ko‘p aholiga ega shahrining o‘zi guvoh bo‘lgan manzaralarini kamera obektiviga muhrladi. 

Shahardagi aksariyat uylarning tomi qizil rangda
Dengiz chaykasi port-shahar hayotining bir qismiga aylanib qolgan
Marmara universiteti – Turkiyadagi eng uzoq tarixga ega OTMlardan biri
Konstantin VII ustuni
Konstantin VII ustuni
Teodezius I ustuni
Teodezius I ustuni
Teodezius I ustuni
Sulton Ahmad masjidi (XVII asr boshida qurilgan)
Turkiya o‘rtacha umr davomiyligi (75,8 yosh) bo‘yicha Osiyoda yuqori o‘nlikka kiradi
Ayo Sofiya cherkov-masjid muzeyi (VI asrda qurilgan)
Ayo Sofiya cherkov-masjid muzeyi (VI asrda qurilgan)

Ayni kunlarda Sulton Ahmad masjidida rekonstruksiya ishlari ketmoqda

To‘pqopi saroyi (XV asrda qurilgan)

Ahmad III favvorasi

Tramvay shahar jamoat transportida muhim o‘ringa ega

Shahar bo‘ylab bu kabi suratlarni ko‘plab uchratish mumkin
Galata minorasiga olib boruvchi ko‘chalardan biri
Galata minorasi (XIV asrda qurilgan)

Istanbulni masjidlar shahri deb ham atashadi.

Istanbul – Yevropada eng ko‘p aholiga ega shahar (15 mln.dan ortiq)

Suratlar muallifi – Muhammadjon G‘aniyev

Top