10:11 / 13.03.2019
25586

«Futbol olami – seniki»: Ronalduning yori unga atab ta'sirli post qoldirdi

Foto: Getty Images

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronalduning Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasida «Atletiko»ga qarshi kechgan javob uchrashuvidagi het-trikidan keyin uning sevgilisi Jorjina Rodriges instagramda futbolchining bolaligidagi suratini ilova qilgan holda u haqida ta'sirli post qoldirdi.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

A post shared by Georgina Rodríguez (@georginagio) on

Ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra italyanlar klubi musobaqaning keyingi bosqichga yo‘l oldi.

«Bu 3:0ni hech kim o‘g‘irlay olmaydi. Sen bunga loyiqsan va gap faqat uchta golda emas. Sen bunga sodiqliging, klubga qilayotganlaring tufayli sazovor bo‘lding. Sen sheriklaring, murabbiy va boshqalarga tayanchsan, biz sen bilan faxralanamiz va seni har kuni qo‘llab-quvvatlaymiz. 

«Qaytar dunyo» bor.

Yaratgan biladi, Yaratgan senga hammasini beradi, chunki futbol olami – seniki. Biz seni yaxshi ko‘ramiz. Krishtianitu, Mateo, Yeva, Alana, Jorjina», deb yozgan Jorjina. 

Futbolchining yori uning 3-golidan keyin hayajonlanib, ko‘ziga yosh olgan.

Mavzuga oid
Top