8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

17:22 / 13.03.2019 16811

Ijtimoiy tarmoqda hokimga tuhmat qilgan shaxs 1 yilu 3 oyga ozodlikdan mahrum etildi

Xorazm viloyatida tuman hokimiga tuhmat qilgani va firibgarligi uchun fuqaro Q.S. 1 yilu 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.​ Bu haqda Jinoyat ishlari bo‘yicha Xonqa tumani sudi raisi Maqsudbek Qilichev​ ma'lumot bergan.

Oliy sud axborot xizmati xabariga ko‘ra, Odnoklassniki.ru​ ijtimoiy tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tgan ​Q.S.​ tarmoqqa video murojaatini joylagan. U tuman hokimini davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan til biriktirib, uni va akasi E.S.ni ​noqonuniy dalillar to‘platib qamatib yuborgani​ni iddao qilgan.

«Videoda fermer xo‘jaligi yer maydonlarini noqonuniy tortib olib, pora evaziga boshqa bir fuqaroga berib yuborgani aytilgan. Uning so‘zlariga qaraganda, tuman hokimi 15-20 gektar yerni 5-10 ming AQSh dollaridan sotib yuborgan», — deyiladi xabarda. 

Shuningdek, Q.S.ning firibgarlik bilan ham shug‘ullangani, ikki nafar xodimining ish haqini bermay kelgani haqida ma'lumot berildi.

Top