17:26 / 13.03.2019
7650

OChL. «Shanxay SIPG» Janubiy Koreya klubiga yutqazdi

Osiyo Chempionlar Ligasida guruh bosqichining 2-tur o‘yinlari davom etmoqda.

H guruhida «Shanxay SIPG» safarda Janubiy Koreyaning «Ulsan Hyundai» klubi bilan bellashdi va 0:1 hisobida yutqazdi. Yagona gol 66-daqiqada Negrao tomonidan urildi.

«Kavasaki Frontale» o‘z maydonida «Sidney» klubi bilan o‘ynadi 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

Bu natijadan so‘ng, «Ulsan Hyundai» 4 ochko bilan 1-o‘rinda, «Shanxay SIPG» va «Kavasaki Frontale» 3 ochko bilan 2 va 3-o‘rinda, «Sidney» esa 1 ochko bilan so‘nggi o‘rinda bormoqda.      

OChL, N guruhi, 2-tur
13 mart

Ulsan Hyundai (Janubiy Koreya) - Shanxay SIPG (Xitoy) 1:0
Gol: Negrao (66)

Kavasaki Frontale (Yaponiya) – Sidney (Avstraliya) 1:0
Gol: Saito (83)

Top