01:39 / 14.03.2019
3902

Harbiylar va o‘quvchi yoshlar Chimyonda ekstremal mashqlarni bajardi

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan “Hamid Olimjon” mahallasi yoshlari hamda ularning ota-onalari, shuningdek, kam ta'minlangan oilalar farzandlari uchun Ugom-Chotqol tog‘ tizmasida joylashgan Mudofaa vazirligining Tog‘ tayyorgarligi o‘quv-mashq markazi faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida ekskursiya uyushtirildi, deb xabar bermoqda Kun.uzʼga vazirlik matbuot xizmati.

Qatnashchilar dastlab dengiz sathidan 1600 metr balandlikda joylashgan markaz faoliyati bilan yaqindan tanishib, harbiy xizmatchilarning tog‘ tayyorgarligi mashg‘ulotlarini bajarishi uchun yaratilgan o‘quv joylariga tashrif buyurdilar.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Ekskursiya davomida yoshlarga yo‘riqchilar tomonidan tog‘ to‘siqlari, qoyalarga ko‘tarilish hamda tushish bo‘yicha amaliy mashqlar ko‘rsatib berildi. O‘zini sinab ko‘rishni istagan yoshlar uchun xavfsizlik texnikasiga rioya qilingan holda mashqlarda bevosita ishtirok etish imkoniyati yaratib berildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Bundan tashqari, ishtirokchilar pnevmatik miltiqdan otish bo‘yicha merganlik mahoratlarini ham sinab ko‘rdilar. Qor qo‘ynida otda sayr qilish va chang‘ida uchish barchaning sevimli mashg‘ulotiga aylanib ulgurdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari tomonidan yoshlarning ma'naviy-ma'rifiy saviyasini oshirish, ularda harbiylikka qiziqishni oshirish maqsadida bu kabi amaliy ishlar keng olib borilmoqda.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

 

Mavzuga oid
Top