8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

23:13 / 14.03.2019 4757

Jeenbekov Qirg‘izistonning tashqi siyosatidagi asosiy yutuqlar haqida so‘zlab berdi  

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov mamlakat tashqi siyosatida 2018 yilda erishilgan asosiy yutuqlar haqida so‘zlab berdi. Jeenbekov bunga Qirg‘iziston diplomatik missiyalari rahbarlari bilan yig‘ilishda to‘xtalib o‘tdi.

Qirg‘iziston yetakchisining ta'kidlashicha, 2018 yilda qo‘shni davlatlar bilan o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash bo‘yicha sermashaqqat ish olib borildi.     

“Biz yaqin qo‘shnilarimiz – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston bilan hamkorlikni mustahkamladik. Men barcha qo‘shni davlatlarga tashrif buyurdim. Qozog‘iston prezidenti bilan chegara, savdo va boshqa sohalardagi masalalarni hal qildik. Hozirda Qozog‘iston bilan suvdan foydalanish, veterinariya va fitosanitar nazorat sohasidagi masalalar muhokama qilinmoqda”, deb aytgan Jeenbekov.

Uning aytishicha, O‘zbekiston, Turkmaniston va Tojikiston prezidentlari bilan o‘zaro ishonchli munosabatlar yo‘lga qo‘yilgan. 

“Asosiy vazifamiz O‘zbekiston va Tojikiston bilan davlat chegarasini delimitatsiyalash jarayonini yakunlash hisoblanadi. Turkmanistonning yonilg‘i-energetika va investitsiya sohalaridagi imkoniyatlaridan foydalanish biz uchun muhim ahamiyatga ega”, deb ta'kidlab o‘tgan Qirg‘iziston rahbari. 

Top