8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

10:24 / 14.03.2019 26647

Messi Ronalduning qahramonligiga tan berdi

Foto: Getty Images

«Barselona» sardori Lionel Messi YeChL 1/8 finalining «Lion»ga qarshi javob o‘yini (5:1) taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, ertaga bo‘lib o‘tadigan qur'a va «Yuventus»dagi hamkasbi Krishtianu Ronalduning «Atletiko» bilan bahsdagi het-trigi to‘g‘risida ham to‘xtalib o‘tdi.

«Hisob 2:1 bo‘lib turganida qanchadir vaqt qiynalib o‘ynashimizga to‘g‘ri keldi, bunga qadar «Lion» bizga xavf tug‘dirmayotgandi. Baxtimizga, uchinchi to‘pni kiritdik va yana o‘yin nazoratini qo‘limizga oldik.

Qur'adagi potensial raqiblarimizning barchasi kuchli jamoalar. O‘sha «Ayaks» ham hech kimdan qo‘rqmaydigan yosh iste'dodlar bilan o‘ta kuchli jamoa ekanini isbotladi.

Kecha oqshom Ronaldu va «Yuventus» qilgan ishga aql bovar qilmaydi. «Atletiko»ga bas kelish qiyinroq bo‘ladi, deb o‘ylagandim. Bu Krishtianu uchun mo‘jizaviy oqshom bo‘ldi», – degan Messining so‘zlarini keltirmoqda Marca.

Eslatib o‘tamiz, ushbu bahsda Leo 2ta gol urib, 2ta golga assistentlik qildi. U to‘purarlar ro‘yxatida musobaqani tark etgan «Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski bilan birga peshqadamlik qilmoqda – har ikkisining hisobida 8tadan gol bor.

Top