07:51 / 14.03.2019
13353

Og‘ir atletika. Tursunoy Jabborova JChda oltin medalni qo‘lga kiritdi

Foto: MOQ

Las-Vegasda davom etayotgan og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi JChda vakillarimizning muvaffaqiyatli ishtiroki davom etmoqda. Bugungi bellashuvlarda terma jamoamiz vakili oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, qizlar o‘rtasida -81 kg vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlab olindi. Unda yurtimiz sharafini himoya qilgan Tursunoy Jabborova dast ko‘tarish mashqida 96 kg natija qayd etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. 

Vakilamiz siltab ko‘tarishda 118 kg va ikki kurashda 214 kg bilan yakunda kumush medallarga ega chiqdi.

Og‘ir atletika. O‘smirlar o‘rtasida JCh. Las-Vegas, AQSh
Qizlar, -81 kg:
1. Olga Pastuxova (Qozog‘iston) – 215 kg
2. Tursunoy Jabborova (O‘zbekiston) – 214 kg
3. Motoka Nakajima (Yaponiya) – 195 kg

Bundan oldin, Kumushxon Fayzullayeva og‘ir atletika bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatgandi.

Top