8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

17:20 / 14.03.2019 12372

«Real» braziliyalik himoyachi transferini e'lon qildi

Foto: Squawka

«Real» «Portu» himoyachisi Eder Militao transferini e'lon qildi.

21 yoshli braziliyalik futbolchi bilan 2025 yilning 30 iyuniga qadar amalda bo‘ladigan shartnoma tuziladi. Kelishuv joriy mavsum yakunlangach, kuchga kiradi.

AS xabariga ko‘ra, «Real» «Portu»ga Militao transferi uchun 50 million yevro to‘laydi. Agar transfer shu yilning 15 iyulidan keyin amalga oshsa, narx 50 foizga ko‘tarilib 75 million yevroni tashkil etishi mumkin.

Militao joriy mavsumda «Portu» safida barcha turnirlar doirasida jami 34 o‘yinda maydonga tushib, 3 gol urgan va 2 golga hammualliflik qilgan.

Top