09:05 / 14.03.2019
2665

TIVda Eron tashqi ishlar vaziri yordamchisi bilan muzokaralar o‘tkazildi

Foto: TIV axborot xizmati

2019 yilning 13 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov va O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri yordamchisi, Yevrosiyo bosh boshqarmasi boshlig‘i G‘ulomrizo Boqeriy bilan uchrashdi.

TIV xabariga ko‘ra, suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari hamda mintaqadagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilingan.

Uchrashuvda 2019 yilda Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishini hamda tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarni o‘tkazish jadvali borasidagi takliflar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, Mozori-Sharif – Hirot yo‘nalishidagi transafg‘on temir yo‘l liniyasini qurish yuzasidan fikr almashilgan.

Uchrashuvda Eron elchisi Bahman Og‘oroziy Do‘rmoniy ishtirok etdi.

Mavzuga oid
Top