8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

19:40 / 14.03.2019 1919

Xitoyda metro uchun to‘lovni qiyofani tanish tizimi orqali to‘lash sinovdan o‘tkazilmoqda

Foto: South China Morning Post

Shenchjen metropoliteni Futyan stansiyasida yo‘l haqi uchun to‘lovni qiyofani aniqlash tizimi orqali to‘lashni yo‘lga qo‘ydi. Texnologiya 5G-tarmoq asosida ishlaydi, pul esa tanlangan to‘lov usuli orqali yechib olinadi. Bu haqda The South China Morning Post gazetasi xabar qildi.

Yo‘l haqini to‘lash uchun yo‘lovchilar turniketdan maxsus planshet bilan o‘tishlari kifoya. Tizimdan foydalanishdan oldin ro‘yxatdan o‘tish va yo‘l haqini to‘lash usulini tanlash kerak bo‘ladi.

Sinov vaqtida yo‘lovchilar alohida ekranda o‘zlari haqidagi ma'lumotlarni ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.

Tizim hozircha sinov rejimida ishlamoqda. Bunga qadar 2017 yilda Xitoydagi mahalliy KFC restoranlarida qiyofani tanish tizimi orqali pul to‘lash yo‘lga qo‘yilgandi. 

Top