8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

03:16 / 14.03.2019 11802

YeChL. "Barselona" "Lion"ga 5ta gol urib, keyingi bosqichga chiqdi

Foto: Twitter/FCBarcelona

Chempionlar ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. 

Ilk uchrashuvda golsiz durang qayd etgan "Barselona" o‘z maydonida "Lion"ni qabul qilib, 5:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

Maydon egalari safida Messi dublga erishgan bo‘lsa, Koutino, Pike hamda Dembele 1tadan gol urdi. Mehmonlarning yagona goliga Tuzar mualliflik qildi. Shu tariqa, kataloniyaliklar chorakfinalga chiqdi. 

Barselona – Lion 5:1

Gollar:  1:0 – 17, penalti Messi, 2:0 – 31 Koutino, 2:1 – 58 Tuzar, 3:1 – 78 Messi, 4:1 – 81 Pike, 5:1 – 86 Dembele.
Barselona – ter Stegen, Pike, Alba, Serdji Roberto (Nelson Semedu, 83), Langle, Rakitich, Buskets, Artur (Vidal, 74), Koutino (Dembele, 70), Messi, Suares.
Lion – Antoni Lopesh (Gorjlen, 34), Marselo, Marsal, Mendi (Korne, 77), Denayyer, Depay (Traore, 73), Tuzar, Fekir, Ndombele, Dyubua, Dembele. 
Ogohlantirishlar: Marsal (33), Dembele (45), Langle (49).
Ilk uchrashuv – 0:0

Top