00:42 / 15.03.2019
3263

Britaniya parlamenti Brexit’ning surilishi uchun ovoz berdi

Foto: RIA Novosti

Britaniya parlamenti deputatlari Brexit’ning 29 martdan kechroq muddatga ko‘chirilishi uchun ovoz berdilar. Brexit sanasi ko‘chirilishiga 412 deputat ovoz bergan, 202 nafari qarshi chiqqan.

Endi sananing ko‘chirilishi bo‘yicha Yevropa Ittifoqining qolgan 27 a'zosi kelishib olishi lozim.  

Hukumatning taklifi quyidagidan iborat: agar 20 martgacha Britaniya parlamenti Yevropa Ittifoqi bilan kelishuvga ovoz bersa, unda gap Brexit’ning 30 iyungacha qoldirilishi haqida boradi. Agar parlament kelishuvni qo‘llab-quvvatlamasa, unda Brexit’ning keyinroqqa qoldirilishi talab etiladi. Bu esa Britaniyaning may oyida o‘tadigan Yevropa saylovlaridagi ishtirokiga olib keladi.

Mavzuga oid
Top