8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

17:22 / 15.03.2019 15629

Yevropa Ligasi qur'asi - «Napoli» bilan «Arsenal» o‘ynaydi va boshqa juftliklar

Foto: Getty Images

Bugun, 15 mart kuni Non shahridagi UYeFA qarorgohida Yevropa Ligasi 1/4 final bosqichiga qur'a tashlash marosimi o‘tkazildi.

Uning yakuniga ko‘ra, quyidagi juftliklar shakllandi:

«Arsenal» - «Napoli» 
«Vilyarreal» - «Valensiya» 
«Benfika» - «Ayntraxt» F
«Slaviya» - «Chelsi» 

Shuningdek, qur'a davomida yarimfinal juftliklari ham aniqlab olindi.

1/2 final juftliklari:

«Arsenal» - «Napoli» / «Vilyarreal» - «Valensiya» 
«Benfika» - «Ayntraxt» / «Slaviya» - «Chelsi» 

Eslatib o‘tamiz, 1/4 finalning dastlabki o‘yinlari 11 aprel, javob bahslari 18 aprel kunlari, yarimfinallar 2 may va 9 may kunlari o‘tkaziladi. Final 29 may kuni Bokuda bo‘lib o‘tadi.

Top