00:31 / 16.03.2019
9722

Andijonda profilaktika inspektorlari va mahalla faollari pul mukofotlari bilan taqdirlandilar

Andijonda xizmat vazifalarini sidqidildan bajargan, o‘ziga biriktirilgan hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni pasayishiga erishib, namunali xizmat qilgan profilaktika inspektorlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, profilaktika inspektorlari yordamchilarini hamda jamoatchilik vakillarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ta'kidlash joizki, profilaktika inspektorlarini ijobiy natijalariga erishishlarida, mahalla faollari hamda keng jamoatchilik bilan yo‘lga qo‘yilgan o‘zaro hamkorlik muhim omil bo‘lmoqda.

Raqamlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, viloyatda jinoyatchilik o‘tgan 2018 yil yakunlariga ko‘ra 22 foizga, joriy yilning yanvar- fevral oylari yakunida esa 39 foizga kamayishiga erishildi.

Tadbirda so‘z olgan viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov o‘z hududlarida jinoyatni jilovlashda jonbozlik ko‘rsatgan profilaktika inspektorlari, faol bo‘lgan jamoatchilik vakillariga olib borayotgan ishlarida zafarlar tiladi.

“Mana shunday rag‘batlantirish tadbirlari 6 oylik yakunlarda ham davom etishi, jinoyat sodir etilishi muntazam davom etayotgan hududlar mutasaddilariga esa intizomiy chora ko‘rishlar jinoyatni oldini olish, har bir mahallada huquqbuzarlikka qarshi muhitni shakllanishiga omil bo‘ladi”, deydi Andijon viloyati IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i Mirzohidjon Mamirjonov.

Tadbir davomida yuqori natijalarga erishgan 191 nafar profilaktika inspektorlari 46 nafar mahalla faollari pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Elmurod Ermatov,
Andijon

Top