09:48 / 16.03.2019
24466

Pentagon sobiq xodimi xitoylik josus bo‘lib chiqdi

AQSh Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Mudofaa vazirligi razvedka boshqarmasi sobiq xodimi 58 yoshli Ron Xansen Xitoy tomoni uchun josuslik qilganini tan olgan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, Xansen 2018 yil iyun oyida qo‘lga olingan, Xitoy bilan esa 2014 yildan hamkorlik qila boshlagan.

«Xitoy razvedkasi agentlari bilan o‘z munosabatlari davomida Xansen o‘zi taqdim etgan ma'lumotlar uchun tovon puli sifatida yuz minglab dollar olgan. Xansen ularga turli axborotlar, shu jumladan, tegishli sohalarga aloqador konferensiyalarda to‘plangan ma'lumotlarni taqdim etib kelgan», - deyiladi vazirlik bayonotida.

Aniqlik kiritilishicha, u nafaqat Xitoy tomoni uchun maxfiy ma'lumot to‘plashga urinishda, balki naqd pullar kontrabandasi, shuningdek, Amerika hududiga tovarlarni noqonuniy olib kirishda ayblanmoqda. Xansen faqat bir band bo‘yicha o‘z aybini tan olgan.

Bundan oldin, Belgiya harbiy kontrrazvedkasi rahbari Rossiya foydasiga josuslik qilishda ayblanayotgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top