22:11 / 16.03.2019
24000

«Real» Zidanning ilk o‘yinida g‘alaba qozondi

Ispaniya chempionatining 28-turidan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi.  

«Real» o‘z maydonida «Selta» bilan o‘ynadi. Bu fransiyalik mutaxassis Zinedin Zidanning bosh murabbiylikka qaytganidan keyingi ilk o‘yini bo‘ldi.

Madrid klubi bahsda katta ustunlikka ega bo‘lib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollar Isko va Beyl hisobiga yozildi.

Bu natijadan so‘ng, «Real» 54 ochko bilan 3-o‘rinda, «Selta» esa 25 ochko bilan 18-o‘rinda bormoqda.

La Liga, 28-tur
Real Madrid – Selta 2:0 (0:0, 2:0)
16 mart, «Santyago Bernabeu» stadioni 
Gollar: 1:0 – 62 Isko, 2:0 – 77 Beyl. 
Real Madrid – Navas, Marselo, Varan, Ramos, Odriosola, Kroos, Isko (Sebalos, 63), Asensio, Modrich (Valverde, 77), Beyl, Benzema (Dias, 82).
Selta – Blanko, Junka (Xudt, 4), Arauxo, Vaskes, Kostas, Yokushlu (Beltran, 75), Brais Mendes, Lobotka, Bufal (Yulsager, 68), Sisto, Maksi Gomes.
Ogohlantirish: Beyl (45).

Top