9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

13:36 / 16.03.2019 26271

Vazirlar Mahkamasi huzuriga o‘tkazilgan inspeksiyaning asosiy vazifalari belgilandi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 15 martdagi “Tadbirkorlik faoliyatini himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish va prokuratura organlari faoliyatini optimallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5690-son farmoniga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida qabul qilindi.

Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi markaziy apparati tuzilmasi;

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalari, tumanlar (shahar) bo‘limlarining tuzilmalari tasdiqlandi.

Inspeksiya boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlarining cheklangan soni 1 739 nafar etib belgilandi.

Quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta'minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasini rivojlantirish jamg‘armasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasini rivojlantirish jamg‘armasi;

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta'minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi huzuridagi “Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi” DUK negizida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi “Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi” DUK tashkil etiladi.

Inspeksiya boshlig‘iga, zarur hollarda, Inspeksiya va uning hududiy bo‘linmalari tashkiliy-shtat tuzilmalariga belgilangan umumiy shtat birliklari doirasida o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Inspeksiya va uning hududiy bo‘linmalari xodimlarining qo‘shimcha shtat birliklarini kiritish huquqi berildi.

Quyidagilar Inspeksiyaning asosiy vazifalari etib belgilandi:

a) qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi holati;

paxta va don ekinlari urug‘larini davlat tomonidan buyurtma qilish, tayyorlash, alohida qayta ishlash hamda saqlash bo‘yicha talablarga rioya qilinishi;

davlat buyurtmasining rejali amalga oshirilishiga muvofiq hajmlarda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari zaxiralarini shakllantirish bo‘yicha talablar bajarilishi;

don ekinlari, paxta va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari, shuningdek, ulardan qayta ishlangan mahsulotlar davlat resurslarining sifati, ulardan oqilona hamda maqsadli foydalanilishi, ularning sifatli saqlanishi hamda nobudgarchiligi kamaytirilishi ta'minlanishi;

qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarining genetik sofligi va urug‘lari sifati sohasidagi davlat siyosatining ijro qilinishi, akkreditatsiya sohasiga muvofiq urug‘larni sertifikatlash, urug‘ hamda ko‘chat materiallarining sifatini aniqlash va nazorat qilish bo‘yicha ishlarning amalga oshirilishi;

qishloq xo‘jaligi yerlaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, Inspeksiya zimmasiga yuklatilgan vazifalar doirasida qonunchilik talablariga so‘zsiz rioya etilishi;

sun'iy suv obektlarida suvdan oqilona va samarali foydalanilishi hamda suvdan foydalanish qoidalariga rioya etilishi;

idoraviy bo‘ysunuvidan va mulkchilik shaklidan qat'i nazar barcha korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarda chorvachilikda naslchilik ishlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga va boshqa normativ hujjatlarga rioya etilishi;

qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarining texnik holati, ularning ekspluatatsiya qilinishi samaradorligi, shuningdek, servis va ta'mirlash xizmatlarining sifati ustidan nazoratni amalga oshirish;

b) eksport-import va respublika ichidagi tashishlarda don ekinlari, paxta xomashyosi, qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari va ulardan qayta ishlangan mahsulotlar sifatini majburiy davlat tekshiruvidan o‘tkazish;

v) huquqbuzarliklarni aniqlash, ularning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish choralarini ko‘rish borasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

g) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ma'muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish.

Belgilab qo‘yilishicha:

Inspeksiyani O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan lavozimiga tayinlanadigan hamda lavozimidan ozod etiladigan boshliq boshqaradi;

Inspeksiya bevosita O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobdordir;

Inspeksiya boshlig‘i mehnatiga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmat ko‘rsatish shartlari bo‘yicha vazirga, Inspeksiya boshlig‘i o‘rinbosarlari - vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi.

Bundan oldin, Bosh prokuratura huzuridagi inspeksiya Vazirlar Mahkamasi huzuriga o‘tkazilgani xabar berilgandi.

Top