20:37 / 17.03.2019
17491

«5 yil o‘tsa ham». Yevroittifoq Rossiyaning Qrim ustidan nazoratini tan olmayapti

​«Sevastopol shahri va Qrim avtonom respublikasining Rossiya tomonidan noqonuniy anneksiya qilinishi»dan besh yil o‘tib ham Yevroittifoq o‘z munosabatini o‘zgartirmadi: Ukrainaning suvereniteti va hududiy yaxlitligi saqlanishi lozim. Bu haqda YeI e'lon qilgan bayonotda bildirilgan

​«Rossiyaning xalqaro huquq qoidalarini qo‘pol ravishda buzishi Azov dengizi va Kerch bo‘g‘ozidagi keskinlikka ham sababchi bo‘ldi», — deyiladi unda. 

YeI noqonuniy qo‘lga olingan ukrain dengizchilari, kema va texnikalarni ozod etishni so‘ragan. 

Shuningdek, bayonotda Ukraina roziligisiz qurilayotgan Kerch bo‘g‘ozidagi ko‘prik ham tanqid qilingan. Ittifoqchilar bo‘g‘oz orqali Ukraina kemalari Azovga erkin o‘ta olish imkoniyati ta'minlanishidan umid qilgan. 

«O‘tish yo‘lining noqonuniy cheklab qo‘yilishi Ukrainaning Azov dengizidagi portlari iqtisodiy holatiga salbiy ta'sir qiladi va mintaqa uchun ham zararli», — deyiladi unda.

2014 yili 16 mart kuni Qrim taqdirini hal etish uchun referendum o‘tkazilgandi. Shundan so‘ng, hudud Rossiya tarkibiga qo‘shib olingan. ​​

Top