22:47 / 17.03.2019
19940

Amerikalik ayol 9 daqiqa ichida 6 farzandni dunyoga keltirdi

Foto: The Woman’s Hospital of Texas/Facebook

AQShning Texasida yashovchi ayol 9 daqiqa ichida 6 nafar farzandni dunyoga keltirdi. Bu haqda mahalliy shifoxonaning feysbukdagi sahifasida ma'lum qilingan.

Noodatiy hodisaga Hindustantimes nashri e'tibor qaratgan.

Ma'lum qilinishicha, ayol tonggi soat 4:50 dan 4:59 gacha 4 nafar o‘g‘il va 2 nafar qiz farzandni dunyoga keltirgan. 

Shifoxona vakillarining ta'kidlashicha, 6 nafar egizakning tug‘ilishi ehtimoli 4,7 milliardga bittani tashkil qiladi.

Nashrning ta'kidlashicha, bolalar va ona o‘zlarini yaxshi his qilmoqdalar va shifokorlar kuzatuvi osti qolmoqdalar.

Top