21:54 / 17.03.2019
10834

Angliya Kubogi. Yarim finalning barcha ishtirokchilari ma'lum bo‘ldi

Foto: Squawka

Angliya Kubogining chorak finali doirasidagi to‘rtinchi uchrashuv ham yakunlandi. Unda chempionship vakili «Milluol» «Brayton»ni qabul qilib, 2:0 hisobidagi ustunlikni saqlab qololmadi.

O‘yinning 70-daqiqasida Pirs mezbonlarni oldinga olib chiqdi.

9 daqiqa o‘tib O`Brayyen jamoasi ustunligini oshirdi.

Ammo o‘yinning qolgan daqiqalarida «Brayton» futbolchilari Lokadiya va March bittadan gol urib, o‘yinni qo‘shimcha bo‘limlarga olib o‘tishdi.

Overtaymlarda durang natija o‘zgarmadi va o‘yin hakami jamoalarni penaltilar seriyasiga taklif etdi. Futbol lotereyasida esa «Brayton»ning qo‘li baland keldi - 5:4.

Shu tariqa, «Brayton» Angliya Kubogining yarimfinaliga yo‘l oldi, «Milluoll» esa turnirni tark etdi. 

Bungacha Angliya Kubogining 1/2 finaliga «Uotford», «Vulverhempton» va «Manchester Siti» yo‘l olgandi. Bu jamoalar mos ravishda «Kristal Pelas», «Manchester Yunayted» va «Suonsi»ni mag‘lub etishgandi.

«Milluoll» va «Brayton» o‘rtasidagi o‘yin yakunlanishi bilanoq turnirning yarimfinali uchun qur'a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qur'aga ko‘ra, yarimfinalda «Manchester Siti» «Brayton»ga qarshi, «Uotford» esa «Vulverhempton»ga qarshi o‘ynaydigan bo‘ldi.

Angliya Kubogi
1/4 final
Milluoll – Brayton 2:2 
(penaltilar seriyasida 4:5)
Gollar: 1:0 – 70 Pirs, 2:0 – 79 O`Brayyen, 2:1 – 88 Lokadiya, 2:2 – 90 March.
Milluoll – Martin, Kuper, Pirs, Romeo, Uolles (Xatchinson, 90), Fergyuson, Tannikliff, Leonard, Uilyams, O`Brayyen (Meredit, 85), Gregori (Morison, 90).
Brayton – Rayan, Daffi, Bernardo, Montoyya, Dank, Propper, Stivens, Knokert (Lokadiya, 73), Kayyal (Iskerdo, 73), Djaxanbaxsh (March, 67), Myurrey.
Penaltilar seriyasi: 1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 3:3, 4:3, 4:4, 4:5.
Ogohlantirishlar: Bernardo (35), Montoyya (69).
Chetlatish: Fergyuson (119).

Top