09:30 / 17.03.2019
8724
«Vulverhempton» «MYu»ni Angliya Kubogidan chiqarib yubordi

«Manchester Yunayted» Angliya Kubogining 1/4 finalida «Vulverhempton»ga qarshi o‘ynadi. «Molina» stadionida kechgan o‘yin maydon egalarining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

«Vulverhempton» o‘yinning 70-daqiqasida hisobni ochdi. Raul Ximenes raqib jarima maydonida to‘pni o‘ziga bo‘ysundirib, raqib himoyachilarining sarosimaligidan foydalangan holda uni darvoza burchagiga joylashtirdi.

76-daqiqada Diogu Jota Lyuk Shouning qo‘pol xatosidan keyin mezbonlarning ustunligini oshirdi.

Qo‘shimcha daqiqalarda Markus Rashford bitta javob goli urdi.

O‘yinning oxirgi qismini «Manchester Yunayted» bir kishi kam bo‘lib o‘tkazishi mumkin edi. O‘yin hakami Viktor Lindelyofga dastlab qizil kartochka ko‘rsatgandi, ammo videotakrordan keyin qarorini o‘zgartirdi.

«Vulverhempton» Angliya Kubogining 1/2 finaliga chiqdi.  Ole-Gunnar Sulsher boshchiligida qatorasiga ikkinchi o‘yinda mag‘lub bo‘lgan «Manchester Yunayted» turnirni tark etdi. APLning o‘tgan turida manchesterliklar «Arsenal»ga mag‘lub bo‘lib (0:2), 12 o‘yin davom etgan mag‘lubiyatsiz seriyasini to‘xtatgandi.

Qayd etish kerakki, «MYu» turnirning avvalgi bosqichlarida «Arsenal» va «Chelsi»ni safar o‘yinlarida mag‘lub etib, bu jamoalarni turnirdan chiqarib yuborgandi.

Angliya Kubogi
1/4 final
Vulverhempton – Manchester Yunayted 2:1
(0:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 70 Ximenes, 2:0 – 76 Diogu Jota, 2:1 – 90 Reshford.
Vulverhempton – Raddi, Boli, Kastro, Doerti, Koudi, Moutinyu, Saiss, Diogu Jota (Traore, 87), Dendonker, Ruben Nevesh, Ximenes (Elder Koshta, 90).
Manchester Yunayted –    Romero, Lindelyof, Shou, Diogu Dalot, Smolling, Pogba, Matich (Mata, 86), Lingard (Maktomini, 86), Errera (Pereyra, 71), Marsiyal, Reshford.
Ogohlantirishlar: Boli (41), Ruben Nevesh (43), Matich (45), Reshford (52), Errera (62), Lindelef (84), Koudi (86), Diogu Dalot (90).

Top