08:26 / 18.03.2019
62127

NASA katta asteroid Yerga yaqinlashishi haqida ma'lumot berdi

Foto: Pixabay

NASA’ning ma'lum qilishicha, katta asteroid Yerga yaqinlashib kelmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.

Qayd etilishicha, EA2 asteroidi Yerdan taxminan 305 ming kilometr masofada uchib o‘tadi.

Bunday o‘zaro yaqinlashuv 22 mart kuni sodir bo‘ladi.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, asteroid diametri 18 metrdan 40 metrgacha keladi.

Bundan oldin, Yerga tushgan asteroid 1,5 km.lik ulkan sunami keltirib chiqargani ma'lum qilingandi.

AQShning Michigan universiteti olimlari Yerga 66 mln yil avval 14 kilometrlik asteroid tushishi oqibatida yuzaga kelgan ulkan sunamini modellashtirishgan.

Mavzuga oid
Top