15:20 / 18.03.2019
18684

O‘zbekiston Tojikistonga 160 ming dollarlik insonparvarlik yordami ko‘rsatdi

Foto: O‘zA

Joriy yilning dastlabki ikki oyida O‘zbekiston Tojikistonga eng ko‘p insonparvarlik yordami taqdim etgan dunyodagi besh davlatdan biri bo‘ldi. Bu haqda Asia-Plus xabar qilmoqda.

Joriy yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistondan Tojikistonga ko‘rsatilgan yordam miqdori 160 ming AQSh dollarini tashkil etdi.

Bu davrda qabul qilib olingan gumanitar yordamning umumiy hajmida O‘zbekiston ko‘magi ulushi 1,2%ga teng bo‘ldi, deya xabar qilmoqda Tojikiston prezidenti huzuridagi Statistika bo‘yicha agentlik.

Ushbu davrda respublika jami 13 million 430 ming dollar miqdorida yordam qabul qilib oldi.

Donor mamlakatlar orasida yordam hajmi bo‘yicha Rossiya (umumiy miqdordan 18,2%), Xitoy (3,6%), Hindiston (1,7%) va BAA (1,6%) yetakchilik qilmoqda.

Umuman olganda, joriy yilning yanvar-fevral oylarida Tojikistonga dunyodagi 34 mamlakat tomonidan insonparvarlik yordami ko‘rsatildi.

O‘tgan yilning ayni davri bilan taqqoslaganda donorlar soni bir mamlakatga kamaydi, yordam miqdori esa 2,7 million dollarga ko‘paydi. 

Top