08:55 / 18.03.2019
18302

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi ma'lum qilindi

Foto: REUTERS

2019 yil yanvar-fevral oyi yakunlariga ko‘ra, respublikada tashqi savdo aylanmasi 6,39 mlrd dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 25,4%ga o‘sdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

Eksport hajmi 3,03 mlrd dollarga (o‘sish sur'ati 20,4%) va import hajmi 3,35 mlrd dollarga (o‘sish sur'ati 30,3%) yetdi. Tashqi savdo saldosi minus 319,2 mln dollarni tashkil qildi.

2019 yilning yanvar-fevral oyida eksport qilingan tovar va xizmatlar, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 513,7 mln dollarga ko‘proq eksport qilindi, tovar va xizmatlar importi hajmi esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 779,6 mln dollarga ko‘proq. 

2019 yilning yanvar-fevral oyi yakuni bo‘yicha tovarlar eksporti bilan shug‘ullanuvchi korxonalar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 281taga ko‘payib, 2096taga yetdi. 

Tashqi savdo aylanmasi dinamikasidan keltirilgan ma'lumotlar ko‘rsatkichlarning qolgan yillarga nisbatan o‘sganligini ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, 2019 yil yanvar-fevral oyida amalga oshirilgan eksport hajmi, o‘tgan yillarga nisbatan ko‘payib, 3,03 mlrd dollarni tashkil qildi. 

2019 yil yanvar-fevral oyida tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 31,4%ni tashkil etib, hamda tashqi savdo aylanmasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 113,4% tashkil etdi. 

Boshqa xorijiy davlatlarning respublika tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 2018 yilning yanvar-fevral oyida 65,3%ni tashkil qilgan bo‘lsa, joriy yilning ushbu davrida esa tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 68,6%ga yetdi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,3%ga o‘sdi. 

Bundan oldin, O‘zbekistonda avtomobillar ishlab chiqarish 51 foizga oshgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top