08:41 / 19.03.2019
7599

AQSh Afg‘oniston rahbarining maslahatchisi bilan aloqalarni uzdi

Hamidulla Mohib/Foto: Pool photo by Salvatore Di Nolfi

AQSh davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha muovini Devid Xeyl ma'lum qilishicha, Vashington Afg‘oniston prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Hamidulla Mohib bilan boshqa ishlamaydi. Bu haqda Reuters xabar tarqatdi.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, bu qaror Mohib AQSh tomonidan asosiy muzokarachi Zalmay Halilzodni ochiqchasiga tanqid ostiga olgani bilan bog‘liq.

Qayd etilishicha, Mohib Halilzodni toliblarni qonuniylashtirganlik va Afg‘oniston hukumatini «qonuniylik maqom»dan mahrum qilganlikda ayblagan.

Shu bilan birga, Xeyl Afg‘oniston yetakchisi Ashraf G‘anini AQShning bu boradagi tegishli qarori to‘g‘risida xabardor qilgan.

Bundan oldin, Abdulaziz Komilovning «Tolibon» harakati rahbariyati bilan uchrashuvi bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot berilgandi.

Top