19:41 / 19.03.2019
13227
Eron portida yuzlab konteynerlar ortilgan savdo kemasi cho‘kib ketdi
Foto: wnobserver

Eronning Xormuzg‘on viloyatidagi Shahid Rajaiy portida yuzlab konteynerlar ortilgan savdo kemasi cho‘kib ketdi. Bu haqda İRNA axborot agentligiga iqtibos keltirgan holda  Trend nashri xabar berdi. 

Ta'kidlanishicha, kema shvartovka qilish (bog‘lab qo‘yish) vaqtida to‘ntarilib cho‘ka boshlagan.  

Mehr nashri ma'lumotlariga ko‘ra, 90 metrlik kemaga mineral va sanoat tovarlari, jumladan kaliy xlorid, kalsiy karbonat, mis konsentrati yuklangan 153 ta konteyner ortilgan bo‘lgan. 

Voqea oqibatida ekipajning 14 a'zosidan 3 nafari jarohat olgan.

Top