13:58 / 19.03.2019
26791

Foto: O‘zbekiston milliy terma jamoasini Xitoyda qanday kutib olishdi?

O‘zbekiston milliy terma jamoasi  «China Cup-2019» musobaqasida ishtirok etish uchun Xitoyga yetib keldi.

O‘FAning xabar berishicha, jamoa a'zolari Toshkent-Pekin-Nanning yo‘nalishi bo‘ylab salkam 9 soat parvozdan so‘ng manzilga yetib kelishdi.

Qayd etilishicha, delegatsiyani aeroportda tashkilotchilar va mahalliy OAV xodimlari kutib olishgan. Jamoa Nanning shahridagi «Wanda REALM Resort» mehmonxonasiga joylashgan.

Bugun mahalliy vaqt bilan soat 19:00da (Toshkentda 16:00) dastlabki mashg‘ulot o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Ektor Kuper qo‘l ostidagi jamoa xalqaro turnirda ikkita o‘yin o‘tkazadi. Musobaqa taqvimi quyidagicha:

Yarim final
21 mart, 16:35. Xitoy – Tailand
22 mart, 16:35. O‘zbekiston – Urugvay

25 mart
12:30. Uchinchi o‘rin uchun bahs
16:35. Final

Barcha uchrashuvlar Nanning shahrida bo‘lib o‘tadi. O‘yinlar boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.

O‘zbekiston–Urugvay o‘yinida Suaresning ishtirok etmasligi aniq bo‘ldi

O‘zbekiston terma jamoasining yig‘inga chaqirilgan futbolchilari ro‘yxati

Darvozabonlar:
Akbar To‘rayev (OKMK)
Sanjar Quvvatov («Paxtakor»)
Javohir Ilyosov («Lokomotiv»)

Himoyachilar:
Yegor Krimets («Paxtakor»)
Anzur Ismoilov («Lokomotiv»)
Dostonbek Tursunov («Renofa Yamaguchi», Yaponiya)
Islom To‘xtaxo‘jayev («Lokomotiv»)
Oleg Zoteyev («Lokomotiv»)
Farrux Sayfiyev («Paxtakor»)
Akmal Shorahmedov (OKMK)
Davron Hoshimov («Lokomotiv»)

Yarimhimoyachilar:
Odil Hamrobekov («Paxtakor»)
Odil Ahmedov («Shanxay SIPG», Xitoy)
Otabek Shukurov («Sharja», BAA)
Jaloliddin Masharipov («Paxtakor»)
Sardor Mirzayev («Lokomotiv»)
Dostonbek Hamdamov («Paxtakor»)
Javohir Sidiqov («Paxtakor»)
Ikrom Aliboyev («Seul», Janubiy Koreya)

Hujumchilar:
Marat Bikmayev («Paxtakor»)
Temurxo‘ja Abduxoliqov («Lokomotiv»)
Eldor Shomurodov («Rostov», Rossiya)

M

Top