01:19 / 19.03.2019
32137

Nursulton Nazarboyev Markaziy Osiyoda eng katta bo‘lishi kutilayotgan masjidga tamal toshini qo‘ydi

Foto: Tengrinews.kz

Qozog‘iston poytaxti Ostonaning chap qirg‘og‘ida quriladigan yangi masjidga tamal toshi qo‘yilishida ishtirok etdi. 

“Biz mintaqamizda va nafaqat unda eng katta bo‘ladigan masjid binosini qurmoqdamiz. Bu masjid nafaqat butun musulmon dunyosida, balki poytaxt uchun mehmonlar, sayyohlar tashrif buyuruvchi, chiroyi bo‘yicha ahamiyatli obekt hisoblanadi”, deb aytgan Nazarboyev marosimda.

“Biz avval va hozirda qurilgan barcha amaldagi masjidlarni o‘rganib chiqdik, eng yaxshi loyihalarni tanladik. Men shaxsan o‘zim loyihani, qurilishning boshidan oxirigacha va uning yakunlanishini nazorat qilaman. Biz bu obektni siz bilan yana yig‘ilishib, birgalikda ochamiz”, deb aytgan Qozog‘iston rahbari.

Foto: Tengrinews.kz

Nazarboyevning ta'kidlashicha, masjid to‘liq xayriya va homiylik mablag‘lari hisobiga barpo etiladi.

Foto: Tengrinews.kz

“Navro‘z bayrami arafasida biz bu xayrli ishga qo‘l urdik. Davlat budjetidan bir tiyin ham sarflanmaydi. Biz musulmonlar eng katta ish masjid qurilishi ekanini bilamiz. Bundan tashqari, bu nafaqat diniy obekt, balki Ostonaning sayyohlik obektlaridan biri bo‘ladi”, deb qo‘shimcha qilgan Nazarboyev.

Masjid EXPO-2017 ko‘rgazmasi o‘tgan hudud orqasida joylashadi. U 30 minggacha kishini sig‘dira olishi va Markaziy Osiyodagi eng katta masjid bo‘lishi kutilmoqda. Qurilish ishlari 2 yildan keyin yakunlanishi rejalashtirilgan. Qurilishni turk kompaniyasi olib boradi. 

Yangi masjid 9,4 gektar maydonda joylashadi. Binosi 57 ming kvadrat metrni egallaydi. Masjid minoralari 130 metrgacha bo‘y cho‘zadi, bosh gumbaz balandligi esa 88,2 metrni tashkil qiladi. Erkaklar uchun ibodat zalining sig‘imi 15 ming kishini, ayollar uchun esa 3 ming kishini tashkil qiladi. Masjid hovlisi va boshqa xonalari yana 12 ming kishini sig‘dira oladi. 

Ayni vaqtda Qozog‘istonda eng katta masjid Hazrat Sulton masjidi hisoblanib, u Ostonaning o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan va o‘z ichiga 10 ming kishini sig‘dira oladi. Masjidning umumiy maydoni 11 gektarni, inshootlari maydoni esa 17700 kvadrat metrni tashkil qiladi.  

Mavzuga oid
Top