21:14 / 19.03.2019
9116
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Xitoyda dastlabki mashg‘ulotni o‘tkazdi
Foto: UFA matbuot xizmati

O‘zbekiston milliy terma jamoasi «China Cup - 2019» musobaqasida ishtirok etish uchun Xitoyning Nanning shahriga yetib bordi.

Ektor Kuper boshchiligidagi terma jamoamiz a'zolari bugun, 19 mart kuni dastlabki mashg‘ulotni o‘tkazishdi, deb xabar beradi O‘FA sayti. Uni Xitoy ommaviy axborot vositalari xodimlari kuzatib borganini ham ta'kidlab o‘tish zarur.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi dastlabki o‘yinni 22 mart kuni Urugvayga qarshi o‘tkazadi.

E'tiboringizga «Guangxi Spors Centre» stadionida bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotdan tayyorlangan fotosuratlarni havola qilamiz.

Foto: UFA matbuot xizmati
Foto: UFA matbuot xizmati
Foto: UFA matbuot xizmati

 

Foto: UFA matbuot xizmati
Foto: UFA matbuot xizmati
Top