08:29 / 19.03.2019
31632

Poroshenko Qrimni qanday qilib qaytarishini tushuntirdi

Foto: TASS

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Qrimni qanday qilib qaytarish niyatida ekani haqida gapirdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u Rossiyaga sanksiyalar bosimini kuchaytirish yordamida yarim orolni «qaytarib olish»ni mo‘ljallamoqda.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, xalqaro hamjamiyat Ukrainaga bu masalada yordam beradi.

Poroshenkoning ta'kidlashicha, Qrim siyosiy-diplomatik yo‘l bilan Ukrainaga «qaytariladi».

Bundan oldin, Poroshenko Qrimni saylovlardan so‘ng qaytarishga va'da bergandi.

«Qrim Ukrainaga qaytariladi. Biz bu imkon qadar qisqa vaqt ichida, prezidentlik saylovlaridan so‘ng yuz berishi uchun qo‘ldan kelgan hamma narsani qilamiz», - deya ma'lum qilgan u.

Top