11:07 / 19.03.2019
2921

Respublika bo‘ylab o‘tkazilgan sport haftaligida 3 millionga yaqin xotin-qizlar ishtirok etdi

Foto: Xotin-qizlar qo‘mitasi

11-16 mart kunlari Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan “Xotin-qizlar sport haftaligi” o‘tkazildi, deb xabar bermoqda qo‘mita matbuot xizmati.

Sport haftaligi davomida badantarbiya mashg‘ulotlari, sportning o‘yin turlari, badminton, voleybol, stol tennisi, estafeta bahslari, shaxmat va shashka bo‘yicha sport tadbirlari o‘tkazildi.

Haftalik doirasida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha o‘tkazilgan 4 412 ta sport va badantarbiya tadbirlarida 3 025 141 nafarga yaqin xotin-qizlar (badantarbiya mashg‘ulotlarida 2 mln 661 ming 252 nafar hamda sport tadbirlarida 363 ming 889 nafar) ishtirok etdi.

Foto: Xotin-qizlar qo‘mitasi

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib kelayotgan xotin-qizlar mazkur haftalikda faol ishtirok etib, unda 2 246 nafar xizmatchi ayollar qamrab olindi.

Haftalik davomida respublika bo‘ylab “Sport salomatlik garovi” shiori ostida yurish bo‘yicha ommaviy marafonlar o‘tkazildi. Mazkur marafonda jami 100 552 nafar faol bo‘lmagan qizlar, uy bekalari va katta yoshdagi xotin-qizlar ishtirok etdi.

Top